Abdulla Ulug‘ov (1960)

0
296
marta ko‘rilgan.

1960 yilda tug‘ilgan. 1983 yilda Toshkent davlat universitetining o‘zbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Adabiyotshunos. “Qissachiligimiz qirralari”, “Inson ibratga intiladi”, “Asl asarlar sehri”, “Vatan – va tan” kabi kitoblari, “Adabiyotshunoslikka kirish”, “Turkiy xalqlar adabiyoti” singari o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan. Ayni paytda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti.

 

Ilmiy darajasi

Filologiya fanlari nomzodi

 

Umumiy ma’lumot

  • A. O‘. Ulug‘ov 05.12.1960 yil Surxondaryo viloyati, Angor tumani Qorasuv qishlog‘ida tug‘ilgan. 1978 yilda, Toshkent davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakul’teti kunduzgi bo‘limiga o‘qishga kirgan. 1983 yilda tugatgan. 1988 yilda “Zamonaviy o‘zbek qissachiligining adabiy tanqidchilikdagi talqini” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi yoqlagan.
  • Respublika matbuotida 100dan ortiq maqolasi e’lon qilingan. 5ta kitobi nashr etilgan. Respublika va xalqaro ilmiy konferinsiyalarda ma’ruzalar qilgan.
  • A. O‘. Ulug‘ov adabiyotshunoslik nazariyasi, nazariy poetika, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi.

 

Olgan ta’limi va mehnat faoliyati

  • 1968–1978 yy. – Surxondaryo viloyati, Angor tumani Qorasuv qishlog‘i 5-o‘rta maktabda o‘qigan.
  • 1978–1983 yy. – Toshkent davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan.
  • 1984–1986 yy. – Toshkent davlat universiteti aspiranti
  • 1987–1989 yy. – Toshkent davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti katta laboranti
  • 1989–1995 yy. – Toshkent davlat universiteti “O‘zbek adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, dotsenti
  • 1995–1995 yy. – Toshkent davlat universiteti katta ilmiy xodim
  • 1995–1998 yy. – Toshkent davlat universiteti doktoranti
  • 1999–2001 yy. – Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) “Jahon adabiyoti va nazariyasi” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi
  • 2001–2013 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Jahon adabiyoti va nazariyasi” kafedrasi dotsenti
  • 2013–2014 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “O‘zbek adabiyotshunosligi va jahon adabiyoti” kafedrasi dotsenti
  • 2014 y. – 2016y. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining “O‘zbek adabiyotshunosligi va adabiy aloqlar” kafedrasi dotsenti
  • 09.2016 y. – h. v. – Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi dotsenti

 

Hozirda qaysi fandan dars berayapti?

  • Adabiyot nazariyasi.
  • Nazariy poetika.
  • Turkiy xalaqlar adabiyoti tarixi.

 

Ilgari dars o‘tgan fanlari

  • Adabiyot nazariyasi.
  • Nazariy poetika.
  • Turkiy xalaqlar adabiyoti tarixi

 

Malaka oshirganligi:

  • 2015 yil oktyabr-dekabrda O‘zMU qoshidagi markazda malaka oshirgan.

 

Olib borgan ilmiy izlanishlari

Adabiyotshunoslik nazariyasi, nazariy poetika, turkiy xalqlar adabiyoti tarixi, XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi, hozirgi adabiy jarayon muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi.

 

Hozirda qaysi ilmiy loyihalar boshlig‘i?

  • “Ilmiy-texnik taraqqiyot va “Ommaviy madaniyat”ning barkamol avlod salomatligi va ma’naviy tarbiyasiga ta’sirini ilmiy tadqiq etish” (“XX1 asr texnologiyalari” jurnali materiallari asosida) loyihasi boshlig‘i.

 

Ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari ro‘yxati:

  1. “Inson ibratga intiladi”. – T., “O‘zbekiston”, 2007.12 b. t.
  2. “Asl asarlar sehri”. – T., G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007.
  3. “Vatan – jon va tan”. – T., G‘. G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2008.
  4. “Munaqqid ma’naviyati” U. Normatov. “Nafosat gurunglari” kitobiga so‘ng so‘z. – T.: “Mumtoz soz”, 2010.
  5. “G‘addor yoki maktublarni kim bitgan”. “Sharq yulduzi” jurnali, 2010 yil 3-son.
  6. “Qissalarda qalb aksi”. “Sharq yulduzi” jurnali, 2011 yil 4-son.
  7. “2010 yil qissalarini o‘qib…”. “Til va adabiyot ta’limi” jurnali, 2011 yil 7-son.
  8. “Kasbiga fidoyi ijodkor” – // A. Egamnazarovning “Oqlovdan so‘ng” kitobiga so‘z boshi. – Toshkent: “Yangi asr avlodi”, 2011 yil. – 1,0 b. t.
  9. “O‘zi kabi…” – // Mirzapo‘lat Toshpo‘latov. Adib portretiga chizgilar. Qarshi: “Nasaf” nashriyoti, 2010 yil. (26-30-betlar).
  10. “Yashillik – yaxshilik ramzi”. “Mohiyat” gazetasi, 2010 yil 8 oktabr.
  11. “Oyga gullar ekkan xayollar”. “Mohiyat” gazetasi, 2011 yil 7 oktabr.
  12. “Muhimi ko‘ngil”. “Mohiyat” gazetasi, 2011 yil 21 oktabr.
  13. “Milliy ma’naviyat me’mori”. “Ma’rifat” gazetasi, 2011 yil 22 oktabr.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.