“Ulugʻbek”ni ancha kechikib, ammo zavq bilan oʻqib chiqdim

0
129
marta koʻrilgan.

Yaxshi asar haqida soʻz yuritish quvonchlidir. Bu – yuksak va benihoya qimmatli asar, oʻzining badiiy qiymati bilan ham eʼtiborga molik tarixiy roman meni qattiq hayajonga soldi. Hayajonimning asosiy sababchisi – roviylikning sehri, usuli, biroq barchasidan tashqari sening asaringni oʻqiyturib, men ulugʻ turkiy gʻururni his etdim. Ulugʻbek bizni hamisha oqlovchi kuch, u bizning dardimiz va dunyo haqida fikr yuritishga, unga toʻla hakamlik qilishga huquq beradigan yuksak tajribaviy iztiroblarimizdir.

Bu yuksak tajriba Ulugʻbek – garchi uning kashfiyotlari olamshumul ahamiyat kasb etsa-da – buyuk olim boʻlganda emas, balki ziyoli va haqgoʻy insonning fojeasi Ulugʻbek shaxsi va taqdirida kechganidadir. Ulugʻbek menga faqat oʻrta asrning atoqli olimi boʻlgani uchungina qadrli emas, aksincha, taqdir uni eng mashaqqatli va ulugʻvor fojeani boshidan kechirishga, shunday murakkab hayot yoʻlini bosib oʻtishga mahkum etganki, u oʻz davrining qabul qilgan hamma tartib-qoidalariga qarshi borib, shunga qarshi isyon koʻtargan shaxs sifatida ham buyukdir.

Har qanday davrning, hatto maʼrifatli zamonlarning ham oʻz ulugʻbeklari bor. Buning ustiga, Ulugʻbeklarning shunday ayanchli qismati boʻlmaganida ularning olim ekanliklarini muayyan qatlamdagi mutaxassislardan boʻlak hech kim bilmas edi. Va shuning barobarida jahon sanʼatida Shekspir, Hyote, Tomas Mann va, hatto Tolstoy singari soʻz sanʼatkorlarining paydo boʻlishi ham gumon edi.

“Ulugʻbek”ni oʻqiyturib, men shuni his etdim va oʻylaymanki, eng muhimi shu.

 

Chingiz AYTMATOV,

10 iyun 1976 yil.

 

P.S. “Ulugʻbek xazinasi”ning oʻzbekcha nashridan menga bir dona yuborishingni iltimos qilaman.

 

Iskandar Yoqubov tayyorladi.

 

“Ijod olami”, 2018/2

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.