Qurbon ota Ismoilov nomidagi Xorazm viloyat axborot-kutubxona markazi

0
697
marta koʻrilgan.

Xorazm viloyat kutubxonasi mamlakatimizdagi yirik ziyo maskanlaridan biri, kutubxonashunoslik va bibliografiya boʻyicha viloyatda ilmiy-uslubiy va muvofiqlashtirish markazi hisoblanadi.

1934-yili Urganch shahar xalq maorifi boʻlimi qoshida okrug kutubxonasi sifatida tashkil etilgan kutubxonaning dastlabki fondi 5838 nusxadan iborat boʻlgan. 1936-yili kutubxonaning kitob fondi 16000 nusxaga yetgan, u 1322 nafar kitobxonga xizmat koʻrsatgan. 1938-yili kutubxonaga viloyat kutubxonasi maqomi berilgan. 1940-yil uning kitob fondi 40000 nusxaga yetgan va 2188 kitobxonga xizmat koʻrsatgan.

Kutubxona tarkibida 12 ta boʻlim faoliyat olib boradi. Viloyat kutubxonasida bosh xizmat katalogi, alifboli va tizimli kataloglar,

alifboli-predmetli kataloglar, musiqaga oid nashrlar va plastinkalar katalogi mavjud.

1986-yil viloyat kutubxonasi maxsus qurilgan uch qavatli yangi binoga koʻchib oʻtdi. 2006-yili kutubxona Xorazm viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirildi.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.