Qachon kitob oʻqiymiz?

0
114
marta koʻrilgan.

Insoniyat sivilizatsiyasi rivojlanishida shunday buyuk qudratga ega boʻlgan bir narsa borki, usiz jamiyat bu qadar muvaffaqiyatga erisha olmagan boʻlar edi. Bu – insonning eng yaqin doʻsti boʻlgan kitobdir. Uning qudrati yordamida insoniyat olam va odam oʻrtasidagi munosabatlarni anglaydi.

Kitobning bu qudratini yoshlar toʻgʻri anglay olyaptimi? Shu savol koʻpchilikni qiynayotgani rost. Ayni paytda baʼzi yoshlar mutolaaga ajratishi zarur boʻlgan vaqtini tarbiyaga hech qanday ijobiy taʼsiri boʻlmagan seriallarga, koʻngilochar gazetalarda berilayotgan oldi-qochdi “hikoya”larga sarflamoqda. Ular milliy va jahon mumtoz adabiyotiga mansub asarlarnigina emas, hattoki, umuman har qanday kitobni, agar u jindek oʻyga toldiradigan, tafakkurga chorlaydigan boʻlsa, qoʻllariga olgisi kelmayapti. Ammo jamiyat rivoji uchun tafakkuri teran, har jabhada faol fikrlovchi avlod kerak.

Kitobxonlikni targʻib qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida turli anjumanlar, muhokamalar, adiblar bilan uchrashuvlar, kitob bayramlari oʻtkazilmoqda. Lekin nazarimda yoshlarni mutolaaga qiziqtirish biroz qiyin kechyapti. Bunga koʻpchilik axborot texnologiyalari aybdor, deb hisoblaydi. Bir tomondan bu toʻgʻri. Turli videooʻyinlar, telefondagi soʻzlashuvlar, ijtimoiy tarmoqlardagi muloqot bilan band boʻlgan yoshlarning kitob oʻqishga vaqti bormikan? Boshqa tomondan olsak, globallashayotgan dunyoda butun jamiyatni texnikadan ajratib qoʻyish mumkin emas. Faqat bunday vositalardan unumli foydalanish zarur.

 

Xurshid FAYZULLAYEV,

SamDCHTI talabasi

 

Manba: zarnews.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.