Oktyabr oyida tugʻilgan madaniyat va sanʼat namoyandalari

0
2420
marta koʻrilgan.

 2 OKTYABR

 

1869 yil. Mahatma Gandi, buyuk hind faylasufi, siyosat arbobi. “Mening hayotim”, “Ahimsa haqida”, “Sarvodayya harakati”, “Svadeshiy harakati”, “Islom va masihiylik”, “Islom va dunyoviylik”, “Islom va ilm-fan” kabi 200 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy kitoblari dunyoga mashhur. Hindu va islom dinlarini yaqinlashtirgan xalq qahramoni, Pokiston islom Respublikasi vujudga kelishining asosiy sababchisi.

 

3 OKTYABR

 

1895 yil. Sergey Yesenin, mashhur rus shoiri. “Fors taronalari” turkumi, “Anna Snegina” poemasi, “Endi qaytmam uyimga”, “Onamga xat”, “Singlimga xat”, “Dogʻlar ketmish majruh koʻngildan”, “Bu dunyoda men bir yoʻlovchi” kabi sheʼrlari bilan dong taratgan.

 

10 OKTYABR

 

1813 yil. Juzeppe Verdi, fransiyalik kompozitor. “Rigoletto”, “Trubadur”, “Aida”, “Otello”, “Maskarad”, “Sitsiliya oqshomi”, “Makbet”, “Don Karlos” kabi 30 ga yaqin operalar, shuningdek, koʻplab filarmonik musiqalar yaratgan.

1913 yil. Klod Simon, Madagaskar yozuvchisi. “Qallob”, “Shamol”, “Tortilgan ip”, “Gulliver”, “Triptix”, “Georgik”, “Farsal yaqinidagi jang”, “Flandriya yoʻli” kabi romanlari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1985).

 

11 OKTYABR

 

1897 yil. Mannon Majidov (Uygʻur) atoqli oʻzbek teatr rejissyori. Oʻzbekiston xalq artisti. “Boy ila xizmatchi”, “Zaharli hayot”, “Arshin mol olan”, “Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Hamlet”, “Otello”, “Revizor”, “Alisher Navoiy”, “Jaloliddin Manguberdi” kabi mashhur spektakllari bilan dong taratgan.

 

12 OKTYABR

 

1896 yil. Eudjenio Montale, italiyalik yozuvchi, shoir, tanqidchi. “Toʻrt yillik daftar”, “Satura”, “Motetlar”, “Vaziyat”, “Burya va boshqalar”, “Dinars kapalagi” asarlari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1975).

 

15 OKTYABR

 

1844 yil. Fridrix Nitsshe, mashhur olmon faylasufi. “Fojianing tugʻilishi yoxud pessimizm”, “Bemavrid mulohaza”, “Insoniylik. Erkin tafakkur haqida kitob”, “Zavqli ilm”, “Hokimiyatga intilish”, “Gomer va mumtoz badiiyat”, “Erkin ixtiyor va taqdir”, “Iblis. Nasroniylik nafrati”, “Abadiy qaytish” kabi asarlari bilan mashhur boʻlgan.

 

1908 yil. Mirzakalon Ismoiliy, yozuvchi va tarjimon. “Inson husni”, “Odamiylik qissasi”, “Qizlar daftari”, “Oʻzingdan koʻr” asarlari, “Fargʻona tong otguncha” romani adibga shuhrat keltirgan. V. Shekspir, M. Lermontov, L. Tolstoy, A. Chexov, M. Gorkiy, M. Sholoxov va boshqa yozuvchilarning koʻplab asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

16 OKTYABR

 

1888 yil. Yujin O’Nil, amerikalik yozuvchi, dramaturg. “Uyga tomon uzoq yoʻl”, “Karib dengizi uzra oy”, “Shoir qalbi”, “Sharqqa, Kardiff sari”, “Uzoq kun tunga ketdi”, “Anna Kristi”, “Gʻaroyib odam”, “Mato tagidagi ishq”, “Taqdir ulamalari uchun oy”, “Ufq ortidan” va boshqa dramatik asarlari bilan shuhrat qozongan. Nobel mukofoti laureati (1936).

 

1927 yil. Gyunter Grass, nemis yozuvchisi. “Qalay doʻmbira”, “Mushuk-sichqon”, “Mahalliy anesteziya”, “Shilliqqurt kundaligi”, “Kalamush xonim”, “Dono qisqichbaqa”, “Orqaga yoʻl” nomli romanlari, “Soʻnggi raqslar” sheʼriy toʻplamlari bilan shuhrat qozongan. Nobel mukofoti laureati (1999).

 

1859 yil. Anri Bergson, fransuz faylasufi. “Metafizikaga kirish”, “Materiya va xotira”, “Ijodiy taraqqiyot”, “Kulgi” kabi ilmiy asarlari bilan mashhur. Nobel mukofoti laureati (1927).

 

19 OKTYABR

 

1889 yil. Migel Anxel Asturias, gvatemalalik yozuvchi. “Senor prezident”, “Gvatemala afsonalari”, “Dovul”, “Mayya odamlari”, “Yashil ota”, “Mayitning nigohi”, “Mulat qizi”, “Noʻnoq oʻgʻri” romanlari muallifi. Nobel mukofoti laureati (1967).

 

20 OKTYABR

 

1926 yil. Odil Yoqubov, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi. “Tengdoshlar”, “Muqaddas”, “Qanot juft boʻladi”, “Muzqaymoq”, “Billur qandillar”, “Matluba” kabi qissa va hikoyalar muallifi. “Ulugʻbek xazinasi”, “Diyonat”, “Oq qushlar, oppoq qushlar”, “Koʻhna dunyo”, “Adolat manzili”, romanlari adibga shuhrat keltirgan.

 

1946 yil. Elfrida Yelinek, avstriyalik adiba. “Chopiq”, “Pianinochi” romani, “Oʻlim va qiz” dramasi, “Alp ustida” pyesalar toʻplami shuhrat keltirgan. Nobel mukofoti laureati (2004).

 

21 OKTYABR

 

1833 yil. Alfred Nobel, Shvetsiyalik kimyogar olim. Portlovchi moddalar, nitroglitserinni xavfsiz ishlab chiqarish va undan foydalanish borasidagi qilgan kashfiyoti bilan dunyoga mashhur boʻlgan. Butunjahon tinchlik kongressi qatnashchisi. Xalqaro Nobel mukofoti asoschisi.

 

23 OKTYABR

 

1920 yil. Janni Rodari, italiyalik yozuvchi. “Chippolinoning sarguzashtlari”, “Telefonda aytilgan ertaklar”, “Hech qayoqqa olib bormaydigan yoʻl”, “Hurishni eplolmagan kuchukcha”, “Shahzoda Plomber”, “Uchtadan oxiri bor ertaklar” kabi asarlari bilan shuhrat qozongan. Adibning ertaklari dunyoning barcha tillariga tarjima qilingan.

 

25 OKTYABR

 

1881 yil. Pablo Pikasso, ispaniyalik rassom. Kubizm yoʻnalishi asoschisi. “Uchrashuv”, “Fojia”, “Shar ustidagi qiz”, “Bola va gado”, “Oyna qarshisidagi ayol”, “Choʻmilayotgan odam”, “Mandolina va gitara”, “Mayni sevuvchi ayol”, “Kursidagi qiz”, “Dengiz qirgʻogʻidagi shakllar”, “Mayya va uning qoʻgʻirchogʻi”, “Koʻzgu” kabi asarlari mashhur.

 

M. MUHAMMADAMINOVA tayyorladi.

 

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–10

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.