Noyabr oyida tugʻilgan madaniyat va sanʼat namoyandalari

0
1712
marta koʻrilgan.

4 NOYABR

 

1889 yil. Rashod Nuri Guntekin, turk yozuvchisi. “Tamgʻa”, “Yashil kecha”, “Choliqushi”, “Muhabbat simfoniyasi”, “Xazonrezgi”, “Qon daʼvosi”, “Tegirmon”, “Sirli koʻl” romanlari, “Halala”, “Mirshablar va goʻzallar” pyesalari bilan shuhrat topgan.

 

5 NOYABR

 

1913 yil. Vivian Meri Xartli (Vivyen Li), britaniyalik aktrisa. “Angliya uzra alanga”, “Sezar va Kleopatra”, “Shamollarda qolgan hislarim”, “Orzular tramvayi”, “Gamiltonxonim”, “Anna Karenina”, “London koʻchalari”, “Ahmoqlar kemasi” kabi filmlardagi obrazlari dunyoga mashhur.

 

6 NOYABR

 

1564 yil. Kristofer Marlo, ingliz shoiri, dramaturg. Ikki qismdan iborat “Buyuk Temur”, “Doktor Faustning fojeali tarixi”, “Maltalik yaxudiy”, “Parijdagi qonxoʻr”, “Genrix IV”, “Tit Andronik” kabi tragediyalar muallifi.

 

9 NOYABR

 

1818 yil. Ivan Sergeevich Turgenov, rus yozuvchisi. “Boqimanda”, “Qishloqda bir oy”, “Boʻydoq”, “Qishloqi qiz”, “Otalar va bolalar”, “Dvoryanlar uyasi”, “Arafa”, “Rudin” va boshqa koʻplab asarlar bilan shuhrat qozongan.

 

11 NOYABR

 

1821 yil. Fyodor Dostoyevskiy, rus yozuvchisi.”Kambagʻallar”, “Xoʻrlanganlar va haqoratlanganlar”, “Oʻlik uydan maktublar”, “Telba”, “Jinoyat va jazo”, “Iblislar”, “Oʻsmir”, “Aka-uka Karamazovlar” kabi romanlari dunyoga mashhur.

 

1911 yil. Odisseas Elitis, grek yozuvchisi, shoir. “Munosib mavjudlik”, “Albaniya urushida halok boʻlgan kichik leytenant haqidagi qahramonona va mungli qoʻshiq”, “Shoh-Quyosh”, “Yorugʻlik daraxti va oʻn toʻrtinchi goʻzallik”, “Mariya Nefeli” kabi asarlar yozgan. Nobel mukofoti laureati (1979).

 

14 NOYABR

 

1840 yil. Oskar Klod Mone, fransiyalik rassom. “Bogʻdagi ayollar”, “Yapon kimanosidagi Kamilla”, “Nilufarlar”, “Sen-Lazar vokzali”, “Charing-Kross koʻprigi”, “Purvildagi plyaj” kabi kartinalari dunyoga mashhur. Impressionizm oqimi asoschilaridan biri.

 

15 NOYABR

 

1906 yil. Dmitriy Lixachev, rus adabiyotshunosi, madaniyatshunos, jamoat arbobi. “Igor jangnomasi”, “Qadimgi rus adabiyotida inson”, “Andrey Rublev va Yepifaniy Primudriy davrida rus madaniyati”, “Qadimgi rus adabiy poetikasi”, “Rus tabiati haqida qaydlar”, “Oʻtmish-kelajakka” kabi koʻplab adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid asarlar muallifi.

 

16 NOYABR

 

1922 yil. Joze Saramago, portugaliyalik shoir va adib. “Gunoh zamini”, “Chizmachilik va kalligrafiya darsligi”, “Kvaziobyekt”, “Isodan Injilgacha”, “Tosh sol”, “Oʻngir”, “Barcha nomlar” kabi romanlari,”Shu va narigi dunyodan lavhalar”, “Balki, bu shodlikdir”, “Ehtimoliy sheʼrlar” kabi sheʼriy kitoblari mashhur. Nobel mukofoti laureati (1998).

 

1922 yil. Lutfullo Mutallib, uygʻur shoiri, dramaturg, yozuvchi. “Dovonlar oshganda” romani, “Samsoq akang qaynaydi”, “Boʻrondan keyin oftob”, “Chaman va polvon”, “Tohir va Zuhra” kabi pyesalar muallifi.

 

 20 NOYABR

 

1927 yil. Mixail Ulyanov, rus teatr va kinoaktyori. “Koʻngillilar”, “Rais”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Vatangadolar”, “Xaloskorlik”, “Soʻnggi kun”, “Shaxsiy hayot” kabi yuzdan ortiq filmlardagi rollari shuhrat keltirgan. Teatr sahnasida Yuliy Sezar, Richard III, Napoleon Bonapart kabi tarixiy shaxslar obrazlarini yaratgan.

 

22 NOYABR

 

1869 yil. Andre Jid, fransiyalik yozuvchi. “Andre Valterning daftari”, “Botqoqlik”, “Zamin neʼmatlari”, “Vatikan yer osti yoʻllarida”, “Sen qayerdasan?”, “Qalbaki pul yasovchilar” kabi asarlari bilan nom qozongan. Nobel mukofoti laureati (1947).

 

25 NOYABR

 

1946 yil. Qizlarxon Doʻstmuhammedova, Oʻzbekiston xalq artisti, raqqosa. “Goʻzal” ansambli tashkilotchilaridan. “Tong malikasi”, “Goʻzal”, “Buxoro yulduzi”, “Sevgi taronasi”, “Intizor”, “Safti miskin”, “Guluzorim”, “Munojot” kabi raqslari mashhur. Oʻzbek milliy raqslarini xorijiy davlatlarda sahnalashtirgan va keng targʻib etgan.

 

28 NOYABR

 

1881 yil. Stefan Sveyg, avstriyalik adib, novellanavis. “Notanish ayol maktubi”, “Amok”, “Murabbiya”, “Yurakni oʻrtovchi sir”, “Leporella”, “Kuygan koʻngil faryodi”, “Kechagi dunyo”, “Mariya Styuart”, “Bashariyatning yulduzli onlari” kabi asarlari dunyoga mashhur.

 

 30 NOYABR

 

1874 yil. Uinston Cherchill, Buyuk Britaniya davlat arbobi, Konservatorlar partiyasining rahbari, buyuk siyosatdon. Adabiyot yoʻnalishi boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1953). Uning harbiy faoliyatga doir “Maloqanddagi urush maydoni”, “Daryo jangi”, “Jahon inqirozi, 1916–1918”, “Hayotimning ilk yillari” avtobiografik asari, “Malboro hayoti” oilaviy epopeyasi, toʻrt jildlik “Ingliz tilida gaplashuvchi xalqlar tarixi” kitoblari nashr etilgan.

 

M. MUHAMMADAMINOVA tayyorladi.

 

“Jahon adabiyoti” jurnali, 2013–11

Oldingi sahifaChoʻlpon tarjimalaridan
Keyingi sahifaFarishta
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.