Naqib madrasasi

0
95
marta koʻrilgan.

Viloyatimizda tarixiy madaniy obidalar koʻp. Ulardan biri Kattaqoʻrgʻon shahri Soʻfi guzarida joylashgan “Naqib” madrasasidir. Mazkur madrasa bugungi kunda jome masjid vazifasini bajarmoqda.

Madrasa Buxoroda mangʻitlar hukmdori Amir Shohmurod hukmronligi davrida bunyod etilgan. Madrasaning kirish ayvonida chap tomondagi ustunda hijriy 1208 sanasi yozilgan, mazkur sana milodiyda 1793 yil boʻladi. Madrasa Muhammad Aminxoʻja naqib (amirning vakili) tomonidan qurilgani uchun unga “Naqib” deb nisbat berilgan.

Mazkur madrasaga tegishli maʼlumotlar Oʻzbekiston milliy davlat arxivida saqlanayotgan vaqf hujjatlarda qayd etilib, madrasa XX asr boshlarida ham faoliyat yuritgani, Zubaydulloh ibn Qudratulloh oxirgi mudarrislardan boʻlganligi yozilgan. Hujjatlarda ushbu mudarrisning “Naqib” madrasasiga tegishli yer-mulki va boshqa masalalar yuzasidan qaydnomalar ham oʻrin egallagan.

Bugungi kunda taxminan 70 sotix hududni oʻz ichiga olgan madrasaning faqat masjid qismi saqlanib qolgan. “Naqib” madrasasi tarixiy koʻrinishi tiklanib, ziyoratgohga aylantirilsa, yosh avlodni ajdodlar maʼnaviy merosidan bahramand etib tarbiyalashda muhim oʻrin tutgan boʻlardi.

 

Mirzo MEHROJIDDIN,

tarixchi-manbashunos

 

Manba: zarnews.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.