At-Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat axborot-kutubxona markazi

0
755
marta koʻrilgan.

1936-yil 20 ming nusxadan iborat kitob fondi bilan Termiz shahar kutubxonasi tashkil etilgan. Viloyat ijroqoʻmining 1942-yil 1-yanvardagi buyrugʻi bilan Termiz shahar kutubxonasiga Surxondaryo viloyat kutubxonasi maqomi beriladi, 1991-yildan Surxondaryo viloyat kutubxonasi at-Termiziy nomi bilan ataladi.

Kutubxonada oʻlkashunoslikka oid adabiyotlar fondi tashkil qilingan boʻlib, u doimiy ravishda toʻldirib boriladi. Oʻlkashunoslikka oid adabiyotlarni targʻib qilish maqsadida “Surxondaryo – kecha, bugun, ertaga”, “Surxondaryoning madaniy hayoti” kabi mavzularda doimiy kitob koʻrgazmalari tashkil qilingan.

At-Termiziy nomidagi viloyat universal ilmiy kutubxonasi 2006-yili viloyat axborot-kutubxona markaziga aylantirildi va davlat hujjatlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish yoʻlida faoliyat yuritmoqda.

 

Zuhra Berdiyeva

 

Kutubxonashunoslik” (Kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent, “Ilm ziyo”, 2014) darsligidan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.