Yozuvchining dastxati

0
122
marta koʻrilgan.

Oʻtkir Hoshimov shaxsiy mashinasini haydab kelayotgan edi. Qaysidir chorrahada yoʻl mirshabi hushtagini churillatib uni toʻxtatdi. Bu borada tajribasi oshib qolgan yozuvchi darrov mashinasini toʻxtatib, gʻaladonni kovlay boshladi. Odatda yangi chiqqan kitoblaridan bir nechasini shu maqsadda olib yurardi.

– Salom, oʻrtoq inspektor, kechirasiz, familiyangiz nimaydi? – dedi mashinadan tusharkan, qoʻlidagi kitobga dastxat yozishga hozirlanib.

– Ie, Oʻtkir aka, sizmisiz? – dedi mirshab miyigʻida jilmayib. – Bu kitobingizga oldin dastxat yozib bergandingiz-ku!

– Shunaqami, – boʻsh kelmadi yozuvchi, – unda yangi kitobim chiqishini kutishingizga toʻgʻri keladi. Ungacha ovora boʻlib toʻxtatib yurmang.

 

Nosir MUHAMMAD

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.