Yonida bittasi bormidi?

0
57
marta ko‘rilgan.

Yozuvchilar uyushmasining eski binosiga Gurlandan yetib bordim. Matnazar aka o‘z o‘rnida kitob o‘qib o‘tirardi. Shuhrat aka bir ish bilan ketib, tushdan keyin kelishi kerak ekan. Salom-alikdan keyin suhbatimiz uzoq cho‘zilmay eshikdan Shuhrat aka kirib keldi. Men bilan so‘rashib bo‘lgach, ustozga qarab: “Suyunchi bering”, – dedi. Ustoz unga savol nazari bilan qaradi. Ular o‘rtasida savol javob boshlandi:

– Maryamjon opam kasalxonadan chiqibdi.

– Yo‘q-ay, hazillashma. Uyga bormagansan-ku?

– Mashinadan tushib uyingizga kirib ketganini uzoqdan ko‘rdim.

– Boshqa birovni ko‘rgansan.

– Aniq o‘zi edi.

– Agar gaping rost bo‘lsa bir dona ellik so‘mlik seniki.

Matnazar aka oxirgi gapini aytayotib ustal ustidagi telefonda raqam tera boshladi va uyi bilan gaplashib bo‘lib, cho‘ntagiga qo‘l solgan edi, ikkita ellik so‘mlik qo‘liga ilinib chiqdi. “Va’dami, va’da”, deb bittasini Shuhrat akaga uzatdi. Bahs g‘olibi ham bo‘sh kelmay:

– Shu bodda unisiniyam bering! – dedi ustozning qo‘lida qolgan pulga ishora qilib. Ustoz tezda javob qaytardi:

– Iya, yonida yana bittasi bormidi yo?

 

Mahmud RAJAB

 

“Ijod olami”, 2018/1

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.