Xaruki Murakami yangi kitob yozdi

0
23
marta ko‘rilgan.

Mashhur yapon adibi, Nobel mukofoti sovrindori Xaruki Murakami shu oyda navbatdagi hikoyalar to‘plamini chop ettirmoqda. “Ayollarsiz erkaklar” deb nomlangan mazkur to‘plamga hali e’lon qilinmagan yangi hikoya hamda ilgari Yaponiyaning turli jurnallarida bosilgan asarlar kirgan. Yozuvchining ancha shov-shuv va bir necha hafta avval kechirim so‘rashiga sabab bo‘lgan “Mening mashinamni boshqar” nomli hikoyasi ham shu to‘plamdan joy olgan. Gap shundaki, hikoya qahramoni mashinada borayotib, uni boshqarayotgan yoshgina qiz chekilgan tamaki qoldig‘ini oynakdan tashqariga otib yuborgan holatni ko‘rib “Nakatombesuliklarning hammasi shunday qiladi”, degan mulohazani aytadi. Bu esa Yaponiya shimolidagi Nakatombesu shahri aholisi izzat-nafsiga tegib ketgani uchun yozuvchi juda noqulay ahvolga tushgan. Yozuvchi yangi to‘plamdan joy oladigan shu hikoyasida shahar obro‘ciga putur yetkazadigan bu jumlani tahrir qilishga, ya’ni joy nomini olib tashlashga va’da bergan.

64 yoshli Xaruki Murakami jahonda asarlari eng ko‘p o‘qiladigan zamonaviy yozuvchilardan biri. Asarlari dunyoning qirqdan ortiq tillariga tarjima qilingan. “Qo‘y ovi”, “Norvegiya o‘rmoni”, “Sohildagi Kafka”, “1Q84” kabi romanlari rus tiliga o‘girilgan. X. Murakamining “Rangpar Sukuru Tadzaki va uning safardagi yillari” romani o‘tgan yili Yaponiyaning mutlaq bestselleri hisoblanib, salkam bir million nusxada sotilgan.

 

“Ijod olami”, 2018/4

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.