Surati yaxshi chiqibdi

0
106
marta koʻrilgan.

Oʻrtamiyona shoirlardan birining sheʼrlari Moskvada chop etiladigan jurnallardan birida mashhur avar shoiri Rasul Hamzatov sheʼrlari bilan bir sonda eʼlon qilinibdi. Ittifoqo, oʻsha kezlarda ular uchrashib qolishibdi. Haligi shoir maqtanchoqlik bilan Hamzatovga debdi:

– Rasul ogʻa, ikkalamizning sheʼrlarimiz bir sonda eʼlon qilinibdi. Oʻqidim, sheʼrlaringiz juda zoʻr chiqibdi.

– Ha, ha, – debdi Rasul Hamzatovning ensasi qotib, – men ham sheʼrlaringizni oʻqidim. Suratingiz juda ajoyib chiqibdi.

 

Nosir MUHAMMAD

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.