Soddalik

0
133
marta koʻrilgan.

Axborot boʻlimiga chinakam fidoyi jurnalist Abdulla Poʻlatov mudir edi. Bir kuni reportaj yozayotib, “ozar xalqi” degan iborani qoʻlladi. Ammo soʻngra ikkilanib qoldi-da, Oʻtkir Hoshimov huzuriga kirdi.

– Ozarbayjon xalqini “ozar xalqi” deb yozsa boʻladimi, Oʻtkirjon? – soʻradi u.

Yozuvchi quvlik bilan gap boshladi:

– Oʻylab gapiryapsizmi? Unda boyjon xalqi xafa boʻladi-ku! Masalan, Budapesht – Buda va Pesht shaharlaridan iborat. Yoki Chexoslovakiya – chexlar va slovaklardan tashkil topgan. Ozarbayjonlar ham shunday. Eronda oʻn million boyjon yashaydi. Iloji boʻlsa, ozar va boyjon xalqlari deb alohida taʼkidlab yozing!

Soddadil Abdulla aka ishi koʻpligidan gangibroq turgani uchunmi, Oʻtkir aka aytganidek yozib qoʻyib, bosh muharrir Saʼdulla Karomatovdan rosa dakki eshitgan edi.

 

Nosir MUHAMMAD

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.