Shartnomaga rioya qilish shart

0
150
marta koʻrilgan.

Aleksandr Dyuma teatr direktori bilan tuzgan shartnomaga koʻra, pyesasi 20 ta namoyishdan soʻng 60 000 frankdan ortiqroq kirim qilsa, adibga har gal ming frank qalamhaqi toʻlanishi kerak edi. Pyesa tez orada shuhrat qozonadi, shartnoma shartlari bajariladi. Dyuma yigirma beshinchi namoyishdan keyin pul olgani keladi. Biroq direktor qalamhaqi toʻlashdan qochib, tushum shartlashilgan summaga yetmaganini aytadi. Yozuvchini ishontirish uchun xayoliga kelgan raqamni roʻkach qiladi:

– Afsus, kirim 59 997 frank boʻldi. Na iloj…

Dyuma indamaygina chiqib ketadi. Bir necha daqiqadan soʻng qoʻlida yangi sotib olingan chipta bilan kirib keladi.

– Men buni 5 frankka sotib oldim, – deydi yozuvchi. – Umumiy tushum 60 002 frank boʻldi. Endi shartnoma shartlari bajarilganini tan olsangiz kerak.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016 yil 10-sonida chop etilgan.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.