Saxiylik

0
86
marta ko‘rilgan.

Taniqli fransuz adibi Antuan de Sent-Ekzyuperi adiblikkacha Fransiyada mohir uchuvchi sifatida tanilgan edi. Sent-Ekzyuperi Afrikadagi harbiy havo qismlaridan birida ishlab yurgan kezlari uchuvchilarga xizmat qilib yurgan marokashlik xizmatkor ona yurtiga qaytmoqchiligidan xabar topadi. Saxovatpesha uchuvchi do‘stlariga maslahat solib, xayr-ehson yo‘li bilan xizmatkorga ming frank to‘plashga erishdi.

Harbiy qismning uchuvchilaridan biri xizmatkorni Marokashning Atlantika ummoni qirg‘oqlarida joylashgan yirik port shahri bo‘lmish Kasablankagacha olib borib qo‘yadi. Ortga qaytgan uchuvchi xizmatkorning ustidan yozg‘ira ketdi.

Kasablankaga qo‘nishimiz bilan u meni shaharning qimmat tamaddixonasiga taklif qildi. Ovqatlanib bo‘lgach, kambag‘al xizmatkorimiz ofitsiantga hotamtoylarcha choychaqa uzatdi. Ayniqsa, qishloqdoshlariga deb sovg‘a-salomlar olgani hammasidan oshib tushdi. Bu odamda pulni tejamkorlik bilan sarflash, pulga pishiq-puxtalik xususiyatidan zarracha asar yo‘q ekan, uchuvchi dildan achchiqlanib gapirdi.

Aksincha, dedi uni sinchkovlik bilan tinglab turgan uchuvchilar orasidagi Sent-Ekzyuperi, U juda pishiq-puxta odam ekan. Boisi, uning dunyoqarashicha, odamlar bu dunyoda pul tiksa foyda keltirishi mumkin bo‘lgan eng ishonchli sarmoya. U sening o‘z yurtining mazali taomidan bahramand bo‘lishingni istagan. Agar uning qo‘lida sening ham puling bo‘lmaganida, uning bu xatti-harakati sening hurmatingni qozongan bo‘lar edi. Ofitsiant nazdida esa bu xizmatkorning hurmati shohnikiga teng. Qishloqdoshlari masalasiga kelsak, uning keyingi taqdiri bevosita ularga bog‘liq. Endi ular ham unga hurmat ko‘rsatib, tashlab qo‘yishmaydi. Shunday ekan, hayotda ham oxir-oqibat saxiylar g‘alaba qozonishadi.

 

“Ijod olami”, 2018/6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.