“Morets krasni’y nos…”

0
25
marta ko‘rilgan.

1970 yillarda bizlarga saboq bergan A. Ayupov, G. N. Soksonova, A. Shomaqsudov va Yu. A. Morits singari domlalarimizga imtihon topshirgani ancha-muncha talabalarning yuragi dov bermasdi. Ayniqsa rus tili fani bo‘yicha o‘qitiladigan fanlardan To‘ra aka ham o‘zimiz qatori edi. Yuriy Aleksandrovich Morets Nekrasovning ijodi bo‘yicha taniqli mutaxassislardan biri edi. O‘sha kezdagi kuratorimiz Karim Saodatovdan To‘ra aka ikkinchi marta yo‘llanmani olgach, Tal’at Soliyev ikkimiz og‘aga jilovdor bo‘lib Xadradagi jurnalistika fakultetining ikkinchi qavatidagi imtihon olinayotgan xonani topdik. Kun issiq bo‘lgani uchun eshikning qanotlari ochiq turardi. Domla To‘ra akaga ko‘zi tushdi, shekilli, ichkariga taklif qildi. Quloqlarimiz ding.

– Tovarish’ Suleymanov, berite bilet, – dedi To‘ra aka stolga terib qo‘yilgan biletlardan birini ko‘tardi.

– Kakoy bilet?

– Shestoy!

– Chto za vopros?

– Morits krasni’y nos!

– Chto!!! – Oq-sariqdan kelgan domlamizning rangi ro‘yi keskin o‘zgarib, – Von otsyuda! – dedi jahl bilan. Talaba hangu mang. Biz kulgidan o‘zimizni tiyolmaymiz. Aka yo‘lakka chiqqach, odatdagiday bizni “Svolochlar!” deya so‘kib, voqeaga aniqlik kiritishimizni so‘radi.

– Siz olgan biletdagi birinchi savol, Nekrasovning “Moroz – krasni’y nos” poemasi edi. Uni o‘zbek tiliga ustoz Mirtemir domla “Izg‘irin – qizil burun” deb tarjima qilgan. Moroz bilan Moritsni sal almashtirib qo‘ydingiz, xolos, – dedik. Akaxonimiz odatdagiday rus tilini “abjag‘ini” chiqarganligini tan olib, qotib-qotib kuldi.

 

Tursunboy Adashboyev

 

“Ijod olami”, 2018/6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.