Mashhur yozuvchilarning soʻnggi soʻzlari

0
0
marta koʻrilgan.

Dunyo adabiyotida salmoqli iz qoldirgan yozuvchilarning asarlari biz uchun hamisha maroqlidir. Bu xabarda esa ularning oʻlimidan avvalgi soʻnggi soʻzlari oʻrin olgan.

 

Emiliy Dikkinson: “Ichkari kirish kerak, tashqariga tuman tushmoqda”.

Jeyms Joys: “Kimdir tushunyaptimi?”

Jeyn Ostin: “Hozir men istayotgan yolgʻiz narsa – oʻlmoq. Oʻlmoqdan boshqa bir vajni istamayapman”.

Gyote: “Nur! Yana va yana nur!”

Frans Kafka: “Azizim, Maks, soʻnggi istagim, mendan qoladigan barcha narsalarni; kundaliklarim, qoʻlyozmalarim, men bitgan va menga kelgan barcha maktublarni, qoralamayu chizmalarimning bari-barini yoqib yubor”.

Ketrin Mensfild: “Sezyapmanki, ajalim yaqin. Yoigʻirni sevaman. Yomgʻir tomchilarining yuzimga urilishini esa undan ham koʻp…”

Mark Tven: “Qiyomat qadar sogʻ boʻling. Nasib, koʻrisharmiz…”

Nikolay Gogol: “Narvon, darhol bir narvon keltiring”.

O. Henri: “Fonuslarni yoqing. Uyga qorongʻulikda ketishni istamayman”.

Oskar Uayld: “Yo devor yiqiladi yoki men”.

Robert Luis Stivenson: “Bechora koʻrinyapmanmi?”

Samuel Jonson: “Oʻlyapman”.

Viktor Hyugo: “Qora bir nurni ilgʻayapman”.

 

Tarjimon va toʻplovchi:

Maqsuda Yoʻldoshova

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.