Masalaning mohiyati

0
92
marta koʻrilgan.

Erkin aka deputatlik paytida tegishli tumandagi saylovchilar bilan yigʻilish oʻtkazdi.

– Sizga bir arzimizni aytmoqchiman, – deb qoldi saylovchilardan biri. – Qoʻshni mahallada artizon suvi bor, bizda yoʻq. Toʻrt yuz metrgina quvur tortilsa, ish bitadi-qoladi, lekin shoʻrolar davridan beri shu masala hal boʻlmay turibdi.

Shunda Erkin aka kulimsirab mutoyiba qildi:

– Oʻsha toʻrt yuz metr quvur muammosini oʻzimiz hal qila qolaylik deb, yurtimiz ataylab mustaqil boʻldi. Bu ishni mana endi bitiramiz-da!

Koʻp oʻtmay, bu yumush bitdi.

 

Anvar OBIDJON

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.