Lorka va Samarqand

0
19
marta ko‘rilgan.

Ispan shoiri Garsia Lorka qadimiy andalus xalq qo‘shiqlari ohangida she’rlar yozib, jahonga mashhur bo‘lgan va o‘z ijodida Sharqu G‘arb adabiy an’analarini uyg‘unlashtirgan ijodkordir. “Kante Xondo – Andalusiya qo‘shiqlari” maqolasida Lorka ushbu noyob she’riy ohanglar hind xalq og‘zaki ijodiyotiga borib taqalishini e’tirof etadi. Uning ta’kidlashicha, Kante Xondo qo‘shiqlari Ispaniyaga lo‘lilar bilan birga kirib kelgan ekan.

“Musiqa madaniyati tarixini teran o‘rgangan tadqiqotchi va nozik savqi tabiiy egasi Manuel de Falyening izlanishlari lo‘lilarning hindiy qavmlardan tarqaganini isbotlaydi, – deb yozadi Garsia Lorka. – Uning ko‘zqarashlariga ko‘ra, bizning eramizning 1400 yilida lo‘li qabilalari Hindiston tuprog‘idan butun dunyoga tarqab ketgan.

Yigirma yildan so‘ng lo‘li qavmlari Arabiston va Misr qirg‘oqlaridan suzib o‘tib Yevropaning turli mamlakatlarida paydo bo‘lishgan va Ispaniyaga ham kirib kelishgan”.

Garsia Lorkaning “bobo”si Rui Gonsales de Klavixo esa 1403–1406 yillarda Ispaniyadan Samarqandga – Sohibqiron Amir Temurning buyuk saltanatiga elchi bo‘lib keladi va “Samarqandga – Temur saroyiga sayohat kundaligi” asarini yaratadi.

 

“Ijod olami”, 2018/4

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.