“Lev Tolstoyning ashaddiy muxlisi”

0
112
marta koʻrilgan.

Namangan viloyatida oʻtgan adabiy uchrashuvlar mazmunli boʻldi. Adabiyotimizning muxlisi, shahar gaz boshqarmasining bosh injeneri, Turgʻunpoʻlat Sulaymonov qadrdon doʻstimiz Habib Saʼdullaning eng yaqin joʻralaridan biri edi. U xayrlashuv oldidan shoirlarga jahon sheʼriyati vakillarining asarlarini, taniqli adib Saʼdulla Siyoevga esa Lev Tolstoyning toʻrt jildlik eng noyob saylanmasini tortiq qildi.

Shu mahal Toʻra Sulaymon kutilmagan iltimos bilan Saʼdulla Siyoevga yuzlandi:

– Ukaginam, men Lev Tolstoyning ashaddiy muxlisiman-ku, bu kitoblar sendan menga munosib sovgʻa boʻldi, – deya ularni xaltasiga soldi.

– Toʻra aka, siz bu kitoblarni baribir oʻqimaysiz-ku, – iddao qildi Saʼdulla aka.

– Toʻgʻri aytasan, ammo uyimizga kelgan ayrim mehmonlar kutubxonamda buni koʻrsa, Toʻra Sulaymon hatto Lev Tolstoy bilan ham gurunglashgan ekan-da deyishi mumkin…

 

Tursunboy Adashboyev

 

“Ijod olami”, 2018/6

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.