“Koʻchirmachi”

2
191
marta koʻrilgan.

“Toshkent oqshomi”da ishlab yurgan yillari Oʻtkir Hoshimov uchun eng sermahsul ijod yillari boʻldi. U hikoyalar, hajviyalar, publitsistik va odob-ahloq mavzusidagi maqolalarni ishxonada oʻtirib ham yozar, baʼzan toʻgʻridan-toʻgʻri mashinkachiga aytib turib yozdirar edi. Bu hikoya va maqolalar roʻznomada turli taxalluslar bilan chop etilardi: “Oʻ. Hoshimov, U. Bozorov… Ayrim hikoyalar roʻznomada chop etilishidan oldin radio orqali yozuvchi nomidan oʻqilar edi.

Bir kuni tahririyatga nomaʼlum muxlisdan xat keldi. Unda Oʻtkir Hoshimovning yaqinda radio orqali oʻqilgan hajviyasi toʻlaligicha, hech oʻzgarishsiz roʻznomada Oʻ. Hamidov nomidan chop etilganligi aytilgan, koʻchirmachini jazolash lozimligi taʼkidlangandi. Bosh muharrir oʻrinbosari S. Yoqubov yozuvchini huzuriga chaqirib, tabassum bilan unga xatni koʻrsatdi. Oʻtkir akaning “jahli chiqib” ketdi:

– Oʻ, ablah Hamidov-ey, – dedi kulib, – men unga koʻchirish qanaqa boʻlishini koʻrsatib qoʻyaman!

 

Nosir MUHAMMAD

2 Mulohaza

    • Oʻ. Hamidov Oʻtkir Hoshimovning gazetadagi taxalluslaridan biri boʻlgan. Sodda muxlis uni Oʻtkir Hoshimovning asarini koʻchirib olganida ayblayapti. Hangoma shu haqda.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.