“Kimga oʻxshaydi”

0
211
marta koʻrilgan.

Hamkasb doʻstlar bilan oshxonada ovqatlanib oʻtirardik. Hamrohlardan biri nariroqda ovqat yeyayotgan odamni koʻrsatib, soʻradi:

– Qani, aytinglar-chi, shu odam kimga oʻxshaydi? Biri u dedi, biri bu dedi. Hech kim toʻgʻri topolmagach, oʻzi javob berdi:

– Jorj Marshening yoshligiga oʻxshaydi. Oʻtkir Hoshimov berilgan savol va javobning voqelikdan yiroqligini kulgi ostiga olmoqchi boʻldi shekilli, nariroqda oʻtirgan boshqa bir kishini koʻrsatib, soʻradi:

– Anavi odam kimga oʻxshaydi?

Hech kim topolmagach, oʻzi dedi:

– Konan Doylning “Baskervillar iti” asari qahramoni xolasining oʻgʻlining qaynisiga oʻxshaydi.

Gurr kulgi koʻtarildi.

 

Nosir MUHAMMAD

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.