Amal – oʻtkinchi, uy – abadiy

0
105
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari etib tayinlangan Yoʻldosh Sulaymon bir kuni Erkin akadan soʻradi:

– Fargʻonada Yozuvchilar uyushmasi boʻlimining boshligʻi edim, endi yuqori tashkilotga oʻrinbosar boʻlib keldim. Bilolmay turibman, meni koʻtarishdimi, pastlatishdimi?

– Bu koʻtarilish ham, pastlash ham emas, – deb tagdor javob qildi Erkin aka. – Toshkentdan tekinga kvartira olish deydilar buni!

 

Anvar OBIDJON

 

“Yoshlik”, 2017 yil 10-son

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.