Toʻplamga tanlov asosida sheʼrlar qabul qilinadi

0
132
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sheʼriyat kengashi Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bagʻishlangan “Xalq ichiga boraylik” nomli sheʼrlar toʻplamini nashrga tayyorlanmoqda. Xalqimiz va millatimiz badiiy tavsif etilgan, insonning ulugʻvorligi ifodalangan, mamlakatimizda joriy yilda el-yurt farovonligi va inson mafaatlarining yuksalishi borasida amalga oshirilgan ishlar badiiy mahorat bilan tasvirlangan yangi sheʼrlarning yozma va elektron nusxasi shu yilning 10 oktyabrigacha Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sheʼriyat kengashida qabul qilinadi va tanlov asosida kitobga kiritiladi.

Tanlovga marhamat!

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 16 “A”-uy, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi binosi, 5-qavat.

 Elektron manzil: info@ijod.uz

 

ijod.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.