Pushkin tavallud kuni nishonlanadi

0
144
marta koʻrilgan.

Bugun, 2016 yil 5 iyun kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda yosh ijodkorlarning respublika “Zomin” seminariga tayyorgarlik koʻrish, “Ijod” jamoat fondi homiyligida nashr etilgan “Sarchashma mavjlari” nomli maqolalar toʻplami taqdimotini oʻtkazish hamda rus mumtoz shoiri A. S. Pushkin tavalludining 218 yilligini tantanali nishonlash masalalari koʻrib chiqildi.

Yigʻilishni Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali ochdi va boshqarib bordi.

Jahon adabiy jamoatchiligi ulugʻ rus shoiri A. S. Pushkin tavallud topgan 6 iyunni har yili sheʼriyat ayyomi sifatida nishonlaydi. Bizning mamlakatimizda ham ushbu qutlugʻ ayyom munosib nishonlanadi. Shoir ijodi boʻyicha adabiy maqolalar, asarlaridan yangi tarjimalar yurtimizdagi adabiy nashrlarda muntazam eʼlon qilib kelinadi. Shu munosabat bilan 6 iyun kuni Toshkent shahridagi A. S. Pushkin haykali joylashgan xiyobonda tantanali anjuman boʻlib oʻtadi. Tadbir soat 10:00 da boshlanadi va oʻquv yurtlari, madaniyat maskanlarida davom etadi.

Yigʻilishda Yozuvchilar uyushmasi raisi davlatimiz rahbari tomonidan adabiyotga, adiblarga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlikka munosib ijodiy faoliyat olib borish masʼuliyatini har bir ijodkor teran his etishi kerakligini alohida taʼkidladi.

 

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Axborot xizmati

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.