Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga yangi aʼzolar qabul qilindi

0
234
marta koʻrilgan.

Bugun, 2017 yil 15 sentyabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Doʻrmon ijod uyida Mustaqilligimizning 26 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbir tashkil etildi. Unda davlat va jamoat arboblari, atoqli shoir, yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunoslar,  yosh ijodkorlar ishtirok etdi.

Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali kirish soʻzi bilan ochib, adabiyotga, ijod ahliga qaratilayotgan yuksak eʼtibor haqida gapirdi.

Uyushma raisi Mustaqilligimizning 26 yilligi arafasida davlatimizning yuksak unvonlari, orden va medallari bilan mukofotlangan ijodkorlarni qutladi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan oʻtkazib kelinayotgan “Vatan uchun yashaylik” tanlovining bu yilgi gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi. Uyushmaga yangi qabul qilingan ijodkorlarga aʼzolik guvohnomasi ham topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston xalq shoiri Enaxon Siddiqova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimlari Mirpoʻlat Mirzo, Farida Afroʻz, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Nargiza Asadova soʻzga chiqishdi va oʻz ijod namunalaridan oʻqidi.

Dilbar kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

 

Bu yil Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilingan ijodkorlar roʻyxati:

 

  1. Abdulla AYIZOV
  2. Faxriddin HAYIT
  3. Abdusattor JUMANAZAR
  4. Nargiza ASADOVA
  5. Gulbahor Said GʻANI
  6. Abdurasul JUMAQUL
  7. Mahmud ABDULLAYEV
  8. Poʻlat AYTMUROD
  9. Bisenboy BEKMUROTOV

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.