Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tanlov eʼlon qildi

9
1573
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi 2018–2019 yillar davomida yaratiladigan, yurtdoshlarimiz qalbida yuksak vatanparvarlik tuygʻularini tarbiyalashga, mustaqilligimizni mustahkamlashga xizmat qiladigan, odamlarni halol yashash va mehnat qilishga daʼvat etadigan tarixiy va zamonaviy mavzulardagi badiiy yetuk sheʼriy, nasriy, dramatik, badiiy-publitsistik asarlar uchun

TANLOV EʼLON QILADI.

 

Tanlovga taqdim etiladigan asarlarda:

– yurtimizda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish yoʻlida erishilgan yutuq va natijalar, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar koʻlami va ahamiyati, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotdagi tub oʻzgarishlar;

– mustaqilligimizning xalqimiz hayotidagi beqiyos ahamiyati, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻusi, boy maʼnaviy merosimiz va milliy qadriyatlarimizning hayotdagi oʻrni va ahamiyati;

– yurtimizda tugʻilib voyaga yetgan buyuk tarixiy shaxslar, shoir va allomalar hamda xalq qahramonlarining hayoti va faoliyati, olamshumul maʼnaviy merosi;

– Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida kurashgan fidoyi insonlar, qahramonlarcha halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning ibratli hayoti, ayni kunda harbiy sohada jonbozlik koʻrsatib xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning hayotda erishayotgan natijalari;

– yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorliklar, tadribkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ijtimoiy sohalarni yanada rivojlantirish borasidagi oʻzgarishlarning xalqimiz hayotidagi ulkan ahamiyati;

respublikamizda diniy qadriyatlarning ulugʻlanishi, jumladan, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy tadqiqot markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi, Islom akademiyasining barpo etilishi bilan bogʻliq jarayonlar va boshqa masalalar chuqur hayotiy ruhda, yuqori badiiy saviyada aks ettirilishi lozim.

Tanlovda Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari bilan qatorda barcha yurtdoshlarimiz ishtirok etishi mumkin.

Tanlovni 2018–2019 yillarda ikki bosqichli tartibda oʻtkazish rejalashtirilgan. Jumladan, 1-bosqichda asarlar joriy yil 1 noyabrgacha, 2-bosqichda 2019 yil 1 noyabrgacha qabul qilinadi.

Taniqli ijodkorlardan iborat hakamlar hayʼati tanlovga taqdim etilgan asarlarni oʻqib, baholab boradi. Gʻolib deb topilgan asarlar Yozuvchilar uyushmasi muassisligidagi adabiy nashrlarda hamda “Ijod” jamoat fondi homiyligida kitob holida chop etiladi. Mualliflarga esa imtiyozli qalam haqi toʻlanadi.

Tanlovga asarlar ikki nusxada (kompyuterda Times New Roman shriftida, 1,5 intervalda koʻchirilgan) hamda ularning elektron nusxasi taqdim etilishi lozim.

 

Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 16-a uy.

Telefonlar: 239-27-88; 239-26-91,227-08-27;

Faks: 245-66-95.

Elektron manzil: info@ijod.uz

 

ijod.uz

9 Mulohaza

  1. Men Yulduz Karimovaman.Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisiman.Bolalar adabiyotini boyitish va tarixiy malikalarni o’quvchilarga badiiy ertaklar shaklida sodda, tushunarli shaklda yetkazish uchun “Xonzodalar”to’plamini tayyorladim.Yoshlar ittigoqi nashr qilib bermoqchi edi,biroq bir yildir-ki,kitob chop etilmayapti.Farg’ona Yozuvchilar uyushmasi va tarixchi,adabiyotchi fan nomzodlaridan taqrizlar olganman.Bu kitob tarix va adabiyot darsliklariga deyarli kiritilmagan tarixiy malikalar haqida hikoya qiladi.Ammo nashr ettira olmayapman.

  2. YAXShILIK KILISHGA ShOSHILING!
    Rossiyaning Magnitogorsk shaxrida uzbek yigiti Olamafruz Abdullayev kutkaruvchilar
    kelguncha yongin payti 9 kishini alanga ichidan olib chikdi. Rossiya xukumati Olamafruz Abdullayevni “Yaxshilik kilishga shoshiling” ordeni bilan takdirladi.

    Magnitogorsk… Caxar maxali,
    Butun shaxar axli uykuda xali,
    Kuklarga urladi olovning tili,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!
    Yetib kelgunicha kutkaruvchilar
    Dunyoni chulgardi balki bu sharar,
    Katra yosh tommasin to ruzi Maxshar,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!
    Yaxshilik tanlamas na manzil,makon,
    Xoxi uzbek buling,xox rus,xox turkmon,
    Kimdir madad surab chinkirgani on,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!

    Olov bosh kutardi bamisoli yov,
    Bir uzbek yigiti kuksin kildi dov,
    Siz uning shaʼniga kutaring yalov,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!
    Jasorat tufayli olam afruzdir,
    Yer yuzi jannatdir, odam afruzdir,
    Xar bir suz, xar bitta kadam afruzdir,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!
    Dunyo galagovur, dunyo bir bozor,
    Onasiz bir gudak yiglaydi zor-zor,
    Kimdir unga nogox bermasdan ozor,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!
    Dunyoga ut ketdi, xar dam ganimat,
    Chorasiz sakkiz milyard odam ganimat,
    Olam kul bulmasin,olam ganimat,
    Yaxshilik kilishga shoshiling!

    Sayfulla Gafur,.
    Shofirkon tumani, ona tili va adabiyoti faxriy ukituvchisi.

  3. Men, Yulduz Karimova yaqinda temuriy malikalar haqidagi”Xonzodalar” nomli hikoyalar to‘plamimni 500nusxada nashr ettirdim. Maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarga ma‘qul keldi. O‘YUga kitobni yuborsam, tanlovga qo‘ysak bo‘ladimi?

    • Bu masalada Uyushmaga murojaat qilishni tavsiya etamiz.
      Sayti: ijod.uz
      Telefon: +998(71) 231-83-49
      e-mail: info@ijod.uz
      Manzili:
      Toshkent shahri, Chilonzor tumani
      Bunyodkor koʻchasi, Adiblar xiyoboni.
      Indeks: 100066

      • Assalomu alaykum. Bir savolim bor edi. Men 2010 yildan buyon she’r mashq qilib turaman. Hozirda mingdan ortiq sherlar undan tashqari to’rtliklar ham yozganman. Shularni kitob holiga keltirishim uchun oliy malumotlik bo’lishim shartmi. Bazi bosmahonalarga kirib chop ettirmoqchi edim ko’nishmadi.

        • Bilishimcha, sheʼr yozish va chop etish uchun (boshqa janrda ijod etish uchun ham) oliy maʼlumot talab etilmaydi.
          Muhimi, yozgan sheʼrlaringiz oliy maʼlumotli yoki hech boʻlmasa yaxshi darajada oʻrta maʼlumotli boʻlishi kerak. Bu degani sheʼringizni oʻqigan sheʼrxon: “Bularni maʼlumoti bor odam yozganmi?” demasligi kerak.
          Nashriyotlar oʻzlarining qiziqishiga koʻra kitob chop etadi. Qoidasi shunday. Adabiyot qonun-qoidalari bilan tanishing, mabodo kamchiliklarini aytishgan boʻlsa, ularni toʻgʻrilang.

          Ijodingizga omad.

  4. “Xonzodalar” ertaklar to‘plamini pochta orqali yubordim. Iltimos tanlovga kiritinglar. E-mail orqali yubora olmadim.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.