“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” sovrindorlari bilan tanishing!

0
504
marta koʻrilgan.

“Istiqlol” sanʼat saroyida “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Mukofot yoshlarga davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi, fan-taʼlim va ijtimoiy soha, sanʼat, madaniyat, jurnalistika va sport sohasidagi 33 ta nominatsiya boʻyicha berilib, uning miqdori har bir sovrindor uchun eng kam ish haqining 30 baravari miqdorida belgilangan.

Mukofotga vazirlik, idora va tashkilotlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hududiy hokimliklar tomonidan 33 ta nominatsiya boʻyicha 700 nafardan ortiq yoshlar nomzodlari tavsiya etildi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida tuzilgan ekspertlar komissiyasi tomonidan nomzodlar hujjatlari oʻrganib chiqilib, 24 ta nominatsiya boʻyicha 70 nafar yoshlar saralab olindi.

Har bir nominatsiya boʻyicha saralangan 3 nafardan nomzodlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining www. mukofot. yi. uz internet saytida joylashtirilib, ularga keng jamoatchilik va yoshlar tomonidan ochiq ovozga qoʻyildi. Eng koʻp ovoz toʻplagan nomzodlar “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” sovrindori boʻldi.

 

 

Sovrindorlar bilan tanishing:

 

“Yilning eng yaxshi yosh deputati” nominatsiyasi

Nosirova Dilnavoz Ilhomovna

 

“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari” nominatsiyasi

Baxramov Akmal Abdulxayevich

 

“Yilning eng yaxshi yosh mahalla posboni” nominatsiyasi

Baqoyev Fazliddin Nasriddin oʻgʻli

 

“Yilning eng yaxshi tuman (shahar) kengashi raisi” nominatsiyasi

Arslonov Zafar Doniyorovich

 

“Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori” nominatsiyasi

Murodova Ifora Erkin qizi

 

“Yilning eng yaxshi yosh fermeri” nominatsiyasi

Mamanova Nargizaxon Abdurazzoq qizi

 

“Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi” nominatsiyasi

Sagdullayev Faxriddin Isomiddin oʻgʻli

 

“Yilning eng yaxshi fidoiy yoshlar otryadi aʼzosi” nominatsiyasi

Mamayusupova Nodira Qaxramon qizi

 

“Yilning eng yaxshi talabasi” nominatsiyasi

Egamberganov Xakimboy Qudrat oʻgʻli

 

“Yilning eng yaxshi oʻquvchisi” nominatsiyasi

Mamajonova Barno Taxirovna

 

“Yilning eng yaxshi boshlangʻich tashkilot yetakchisi” nominatsiyasi

Ziyatdinova Malika Raximbayevna

 

“Yilning eng yaxshi yosh teatr rejissyori” nominatsiyasi

Xusanov Rustamjon Ravshanjon oʻgʻli

 

“Yilning eng yaxshi yosh kino rejissyori” nominatsiyasi

Azizova Muxlisa Sabirovna

 

“Yilning eng yaxshi yosh teatr aktyori” nominatsiyasi

Anarbayeva Nigina Sharaxmedovna

 

“Yilning eng yaxshi yosh kino aktyori” nominatsiyasi

Normatova Feruza

 

Opera yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh qoʻshiq ijrochisi” nominatsiyasi

Isroilov Umid Shavkatovich

 

Estrada yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh qoʻshiq ijrochisi” nominatsiyasi

Ortiqov Sherzodbek Sherbutayevich

 

Nazm yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” nominatsiyasi

Mahmudova Baxtiniso Eshquvvatovna

 

Nasr yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” nominatsiyasi

Ibragimova Nodira Shuxratjonovna

 

“Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti” nominatsiyasi

Jumamurodov Akmal Allayarovich

 

“Yilning eng yaxshi yosh rassomi” nominatsiyasi

Roʻziboyev Doston Hasan oʻgʻli

 

“Yilning eng yaxshi yosh dizayneri” nominatsiyasi

Ermatov Farrux Gʻanijonovich

 

“Yilning eng yaxshi yosh sportchisi” nominatsiyasi

Sindarov Javohir Sanjarbekovich

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.