“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” ishtirokchilariga ovoz berish boshlandi

2
422
marta koʻrilgan.

“Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” uchun bir nechta yoʻnalishlarda nomzodlar roʻyxati eʼlon qilindi. Jumladan,

Nazm yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori”

Mahmudova Baxtiniso Eshquvvatovna

Xonxoʻjayev Iftixor Baxtiyor oʻgʻli

Doʻstbekov Dilmurod Abdullayevich

 

Nasr yoʻnalishida “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori”

Ibragimova Nodira Shuxratjonovna

Yusupov Muxammadxon Olim oʻgʻli

Avalbayeva Dilshodabonu Olimjon qizi

 

Yilning eng yaxshi yosh jurnalisti

Jumamurodov Akmal Allayarovich

Mavlyan-Kariyeva Azizaxon Ziyovuddinxon qizi

 

Turli yoʻnalishlardagi nomzodlar orasida saytimizda asarlari eʼlon qilingan mualliflaridan Akmal Murod, Muhammadxon Yusupov, Nodirabegim Ibrohimova, Dilmurod Doʻst kabi ijodkorlar, saytimiz logotipi muallifi dizayner Farrux Ermatov ham borligi quvonarli.

 

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi telegram kanalida berilgan axborotga koʻra, ekspertlar guruhlari “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” nomzodlarini saralashda ularning yil davomidagi ish samaradorligi, tizim yoki sohani rivojlantirishga qoʻshgan shaxsiy hissasi, oʻz sohasiga kiritgan innovatsiyasi, faoliyati orqali davlat va jamiyat hayotiga keltirgan amaliy foydasi, shuningdek mehnatsevarligi, fidoiyligi, intizomi, iqtidori, jamoat ishlaridagi faolligi, davlat va xalqaro miqyosda erishgan yutuqlari soha vakillari, keng jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligiga eʼtibor qaratishdi.

Ekspertlar komissiyasi tomonidan “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandida koʻrsatilgan nominatsiyalardan 24 tasi boʻyicha 3, baʼzilariga 2 nafardan munosib nomzodlar aniqlandi. Ularning roʻyxati va faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumot oʻqib eshittirildi.

Mazkur roʻyxat asosida nomzodlar tasdiqlash uchun ovozga qoʻyildi va bir ovozdan tasdiqlandi.

Shuningdek, tavsiya etilgan nomzodlarning joriy yilda erishgan natijalari talab darajasida emasligi va Ekspertlar guruhlari tomonidan munosib nomzodlar aniqlanmaganligi sababli, “Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti” toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandiga muvofiq, quyidagi nominatsiyalar olib tashlanishi boʻyicha taklif bildirildi va bir ovozdan maʼqullandi:

– “Yilning eng yaxshi yoshlar masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari”,

– “Yilning eng yaxshi viloyat kengashi raisi”,

– “Yilning eng yaxshi yoshlar masalalari boʻyicha MFY raisi oʻrinbosari”,

– “Yilning eng yaxshi yosh ishchisi”,

– “Yilning eng yaxshi yosh dasturchisi”,

– “Yilning eng yaxshi yosh oʻqituvchisi”,

– “Yilning eng yaxshi yosh olimi”,

– “Yilning eng yaxshi “Kamalak” sardori”,

– “Yilning eng yaxshi yosh bastakori”.

2 Mulohaza

  1. Yilning eng yaxshi yesh ukituvchi nominatsiyalari olib tashlanishiga asosiy sababni kursatib utinglar. Menimcha kursatilgan nomzodlar ichidan munosiblari bor edi. Bu natija kup yesh ukituvchilar shijoati sunishiga olib kelmasmikin?

    • Olib tashlangan nominatsiyalar haqidagi maʼlumot Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi telegram kanaliga asoslanib berilgan. Ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga murojaat qilishingiz, fikr-mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin. Tashkilot veb-manzili: http://www.yi.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.