Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas. Salohiddin Azizboyev ijrosida

0
195
marta koʻrilgan.

 

Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas

 

Xurshid Davron sheʼri

 

Chechaklar nish urgan bahoriy chogʻlar

Shamol ila ketar, bahor toʻxtamas,

Koʻzlarni yashnatib gullagan bogʻlar

Sargʻayib toʻkilar, zinhor toʻxtamas.

 

Faqat yuraklarda muhabbat soʻlmas,

Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas.

 

Sochlarning qorasin qorlar koʻmadi,

Oydek chehralarga ajin qoʻnadi,

Hatto yulduzlar ham bir kun soʻnadi,

“Yor-yor” toʻxtamaydi, alyor toʻxtamas.

 

Faqat yuraklarda muhabbat soʻlmas,

Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas.

 

Kun kelib qulaydi adil chinorlar,

Nuraydi osmonga tirgak minorlar,

Qon boʻlib singadi yerga anorlar,

Vatan degan aziz diyor toʻxtamas.

 

Faqat yuraklarda muhabbat soʻlmas,

Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas.

 

Bobolar ketdilar, biz ham ketamiz,

Biz ham olislarga bir kun yetamiz,

“Umr bevafo” deb imdod etamiz,

Umr toʻxtasa-da, bahor toʻxtamas.

 

Faqat yuraklarda muhabbat soʻlmas,

Muhabbat oʻlmagay, muhabbat oʻlmas.

 

kh-davron.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.