Bir cholni uchratdim… Bahodir Mamajonov ijrosida

0
125
marta koʻrilgan.

 

Fargʻonalik isteʼdodli qoʻshiqchi Bahodir Mamajonov  kitob oʻqiydigan, sheʼr tanlaydigan didi baland ijodkor. Kitoblarimdan oʻzi tanlagan sheʼrlarni ajoyib qoʻshiqlarga aylantirgan. U bilan tanishgach,ayni shu sheʼr tanlash xislatini hurmat qilganim uchun uch-toʻrt qoʻshiq matnlarini yozib berganman. Bu qoʻshiqlarning ayrimlari veb-saytimizdan oʻrin olgan. Hozirgacha Bahodirning qoʻshiqlarini butun oilamiz bilan tinglaymiz..

Xurshid Davron


 

Bir cholni uchratdim

 

Xurshid Davron sheʼri

 

Bir cholni uchratdim,

Qoʻli qon edi,

“Nima boʻldi?” – deya soʻradim hayron.

“Doʻstimni dushmanga sotgandim… – dedi, –

Ikki qoʻlim qondir oʻshandan buyon”.

 

Bir cholni uchratdim,

Tili yoʻq edi,

“Nima boʻldi?” – dedim yoniga kelib.

Gʻoʻldirab nimadir dedi, xoʻrlangan

Bobolar qabriga ishora qilib.

 

Bir cholni uchratdim,

Koʻzi koʻr edi,

“Nima boʻldi?” – deya soʻradim hayron.

“Xiyonat qilgandim imonga… – dedi, –

Oʻzimni izlayman oʻshandan buyon”.

 

1982

 

kh-davron.uz

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.